Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida 2023-yil 3-aprelda tasdiqlangan reja-grafigi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tarraqiyot Dasturining (BMTTD) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik” loyihasi doirasida joriy yilning 27-28-sentabr kunlari Farg‘ona viloyati Mahalla fuqarolari yig‘inlari raislari va mas’ul xodimlari uchun vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni mediatsiya usuli bilan hal etish yo‘nalishi bo‘yicha trening tashkil etildi.