+998 71 200 02 35

Mahalla raislari va xotin-qizlar faollarining mediatsiya usulini qoʻllash sohasidagi bilim va malakalari oshirilmoqda

06.12.2023 1042

Mahalla raislari va xotin-qizlar faollarining mediatsiya usulini qoʻllash sohasidagi bilim va malakalarini oshirish maqsadida, Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Oila mediatsiyasi” boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari ishlab chiqilgan. 

Mazkur kurs doirasida joriy yilning 1-dekabr kuni  Markaz kafedra mudiri Sevarxon Maripova va Markaz o'qituvchisi Dilbar Xojimuxamedovalar tomonidan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani, Jomboy tumani, Kattaqo‘rg‘on tumani, Kattaqo‘rg‘on shahar, Nurobod tumani, Payariq tumani, Samarqand shaharidagi оilaviy ajrim koʻrsatkichi yuqori boʻlgan fuqarolar yigʻinlari xodimlari uchun onlayn oʻquv-seminar tashkil etildi. 

Unda viloyat adliya boshqarmasi, viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi, tuman hokimligi xotin-qizlar boʻlimi hamda mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlari faollari ishtirok etishdi.