Joriy yilgi Konstitutsiyasi kuni bayrami mazkur bosh g‘oya ostida bo‘lib o‘tmoqda.
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni Agentlik direktori Abdulla Azizov ochib berdi. Unda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi katta o‘qituvchisi Z.Rahmonov va bo‘lim boshlig‘i Sh.Ergashevalar ishtirok etdilar.