+998 71 200 02 35

"Konstitusiya — baxtimiz qomusi" shiori ostidagi huquqiy marafonga start berildi

02.12.2023 413

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” nomli marafon e’lon qilindi. Marafonning asosiy vazifasi, Markazning professor oʻqituvchilari vazirlik va idoralarda Konstitutsiya qabul qilingan kun bayrami munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etib, unda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha treninglar oʻtkazishdan iboratdir.

Jumladan, ilk trening Soliq qoʻmitasi xodimlari uchun boʻlib oʻtdi. Unda xodimlarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar, hujjatning mazmun-mohiyati, hamda soliq sohasiga oid normalar haqida tushuntirishlar berildi. 

Savol javob tarzida oʻrtkazilgan trening, yigʻilganlarning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qildi.

“Konstitutsiya haftaligi” doirasida marafon davom etadi.