Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan 2024-yil 23-fevral kuni kuni soat 10.00 da Markaz binosida “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING JINOIY-HUQUQIY ASPEKTLARI”
mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.
Konferensiya ishining asosiy yo‘nalishlari:
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun jinoyat qonunchiligini qo‘llash masalalari;
Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid ayrim jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari;
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o‘rnatish masalalari;
Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni o‘tashda yengillashtiruvchi normalar qo‘llanilishiga cheklovlar belgilash.