+998 71 200 02 35

"Huquqiy bilimlarni oshirish" qisqa muddatli o‘quv kurslarimiz davom etmoqda

07.08.2024 1297

Yuristlar malakasini oshirish markazi Surxondaryo filiali tomonidan Surxondaryo viloyati Angor tumani tibbiyot birlashmasi mas’ul xodimlari uchun "Huquqiy bilimlarni oshirish" qisqa muddatli o‘quv kursi bo'lib o'tdi.

Kurs davomida tinglovchilarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masalalari, korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorat tizimi, mehnat qonunchiligidagi yangi o‘zgarishlar, shuningdek ularni amaliyotda qo‘llash masalalari doirasida huquqiy bilimlarni berish ko‘zda tutilgan.