Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan oʻquv jarayonlarini qiziqarli oʻtishi maqsadida xorijiy mutaxassislar ishtirokida oʻquv mashgʻulotlari tashkillashtirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
Joriy yilning 17-oktabr kuni Markazda malaka oshirayotgan advokatlar guruhi tinglovchilari uchun Germaniyaning Selle shahri Oliy sudining iste’fodagi sudyasi Tomas Germann ishtirokida “Обзор юридического образования в Германии: решение кейсов и ориентация на практику - ключевые моменты современной юридической подготовки” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.
Mashgʻulot davomida tinglovchilar Germaniya tajribasi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar. Trening qizgʻin savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.