+998 55 518 57 77

E’LON

06.04.2026 271

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti  Buxgalteriya va reja-moliya bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga ishga taklif etadi.

Nomzodlar:

-moliya-iqtisod yoki buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lish;

-2 (ikki) yillik mehnat stajiga ega bo‘lish;

-davlat tilini mukammal bilish va unda ish yurita olish;

-zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlaridan mustaqil va erkin foydalana olish;

-xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilish.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

-Toshkent shahar markazida joylashgan, barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora; 

-ish rejimi: 5 kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

-munosib ish haqi (martaba daraja-unvon, ish staji, oylik shaxsiy ustama va boshqalar);

-xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyati;

-idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Nomzodlar 2026-yil 11-aprelgacha  vacancy.adliya.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi hamda shaxsiy profili orqali tanlovga tegishli hujjatlarni elektron shaklda taqdim qilishi lozim. 

Ma’lumot uchun telefon: 55 518-57-77