Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun “Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalarining roli, jurnalistlarning axborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlari” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbati davomida malakali mutaxassislar tomonidan axborot olish, qayta ishlash va tarqatishda jurnalistlarning huquq va majburiyatlari, ommaviy axborot vositalarida shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishning tartibi va shartlari, ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi ishtiroki haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirda mahalliy OAV vakillari va blogerlar ishtirok etishdi.