Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan 2024-yil 25-dekabr kuni “Nizolarni hal etishning zamonaviy usullari va ularni O‘zbekistonda qo‘llash masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida O‘zbekistonda nizolarni zamonaviy hal etish usullarining samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va kelajakdagi istiqbollar bilan bog‘liq masalalar ilmiy-amaliy jihatdan muhokama etilib, unda sohaning yetakchi olimlari, professor-o‘qituvchilari, Markazda malaka oshirayotgan tinglovchilar va tadqiqotchilar ishtirok etishdi.