Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Davlat xizmatlari markazi xodimlari uchun “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tashkilotlarni tugatishda qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlashda korrupsiyaga qarshi kurashish” nomli qisqa muddatli o'quv kursi tashkil etildi.
Unda 200 ga yaqin davlat xizmatlari markazi xodimlari tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish hamda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish jarayonida korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo'lishdi.