Joriy yilning 27-yanvar kuni Yuristlar malakasini oshirish markazining Fan, innovatsiya va taʼlim dasturlarini ishlab chiqish boʻlimi, Oʻquv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan hamkorlikda amaliy onlayn seminar boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda hamkorlikning istiqbollari hamda notariuslarning malakasini oshirish o'quv kurslarini samarali tashkil qilish, ushbu o'quv kurslar bo'yicha o'quv dasturlariga kiritiladigan mavzular muhokama qilindi. Seminarda Notarial palata bo'limi boshlig'i Z.Musayeva va amaliyotchi notariuslar ishtirok etdilar.