+998 71 200 02 35

Ayni damda Adliya vazirligida “Oʻzbekistonda tijorat mediatsiyasini yoʻlga qoʻyish: COVID-19ga nisbatan chora” Qoʻshma loyihasini ishga tushirish boʻyicha tadbir boʻlib oʻtmoqda

03.12.2021 1932

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti (IDLO), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Oʻzbekistonda tijorat mediatsiyasini yoʻlga qoʻyish: COVID-19ga nisbatan chora” qoʻshma loyihasini rasman ishga tushirishga bag‘ishlangan.

Tadbirda Qoʻshma loyiha taqdimoti bilan bir qatorda Adliya vazirligi, IDLO, YETTB, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent mediatsiya markazi,  Notarial palata, milliy va xorijiy ekspertlar hamda professional mediatorlar ishtirokida O‘zbekistonda tijorat mediasiyasining istiqbollari muhokama qilinmoqda.