Bugun Yuristlar malakasini oshirish markazi xodimlari Shayxontoxur tumani “Labzak” mahalla fuqarolari bilan uchrashuv oʻtkazdilar.
Mazkur uchrashuvda mamlakatimizda so‘ngi yillarda aholi farovonligini oshirish yo‘lida amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda saylov jarayonlari haqida batafsil maʼlumotlar etkazildi.
Tashrif davomida Markaz xodimlari tomonidan fuqarolarga muammoli vaziyatlarni ijobiy va qonuniy hal qilishga yonaltirilgan tegishli ko`rsatmalar, shu bilan bir qatorda ayollar daftariga kiritilgan muhtoj xotin-qizlar bilan ham suhbatlar tashkil qilinib, ularga tegishli yuridik maslahatlar berildi.