Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki va uning hududiy boshqarmalari hamda tuman filiali mas’ul xodimlaridan iborat navbatdagi kurs bitiruvchilariga SERTIFIKATLAR topshirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan birgalikda o‘quv kurslarini tashkil etishda yaqindan hamkorligi uchun “Agrobank” aksiyadorlik tijorat rahbariyati Adliya vazirligi rahbariyatining "Tashakkurnomasi" bilan taqdirlandi.
