+998 71 200 02 35

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

20.10.2023 1398

“Yangi mehnat kodeksi bilan mehnat jamoalarida” aksiyasi doirasida joriy yilning 19-oktabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari ishtirokida Samarqand viloyat yuridik texnikumida tahsil olayotgan yoshlar va o‘qituvchilar bilan ma‘rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, Yangi O‘zbekistonda yoshlarga qaratilayotgan e‘tibor va g‘amxo‘rliklar xususida atroflicha tushuntirishlar berildi.