Bugun 27-iyul kuni Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi Malaka oshirish instituti vakillaridan iborat delegatsiya bir nechta idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mehmonlar uchun Adliya vazirligi Markaziy apparati binosiga ekskursiya tashkil etildi. Adliya vazirligi huzuridagi eng yangi IT-texnologiyalari va raqamli uskunalar bilan jihozlangan Axborot-tahlil multimedia markazi, zamonaviy uslubda jihozlangan kutubxona, vazirlik hududida joylashgan “Adliya organlari tarixi” muzeyini tomosha qilib, O‘zbekiston adliya tizimi tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek delegatsiya a'zolari Toshkent davlat yuridik unversiteti, "Madad" NNT, O'zbekiston Respublikasi notarial palatasi hamda O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyati bilan ham tanishdilar.
Delegatsiya tarkibiga ushbu idoralarning tarixi, faoliyati, yutuqlari, ish metodlari, ilmiy salohiyati va boshqalar boʻyicha atroflicha ma’lumot berib oʻtildi.