+998 71 200 02 35

#xalqaro_hamkorlik

11.05.2023 1752

Joriy yilning 11-may kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Yuristlar malakasini oshirish markazi va Butunrossiya Davlat Adliya universiteti (Rossiya Adliya vazirligining Rossiya huquq Akademiyasi) oʻrtasida anglashuv memorandumini imzolanish marosimi boʻlib oʻtdi.

Memorandumning imzolanishidan maqsad - ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, huquqiy taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tajriba almashish, Butunrossiya Davlat Adliya universiteti bilan yanada barqaror hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash hisoblanadi.

Markaz va Butunrossiya Davlat Adliya universiteti oʻrtasidagi anglashuv memorandumini imzolash marosimi joriy yilning 11-13-may kunlari Rossiya Fedirasiyasi Adliya vazirligi va “ROSKONGRESS” tomonidan oʻtkazilayotgan Peterburg xalqaro yuridik forumi XI tadbiri doirasida tashkil etildi.