+998 71 200 02 35

TOSHKENT VILOYATIDA SAYYOR MASHG'ULOTLAR BO'LIB O'TMOQDA

21.08.2024 1356

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Toshkent viloyatidagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi yuridik xizmati rahbarlari va xodimlarining malakalari oshirilmoqda.

“Huquqiy bilimlarni oshirish” bo‘yicha qisqa muddatli sayyor dars mashg'ulotlari doirasida tinglovchilar:

  • Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari;
  • Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash;
  • Yuridik xizmatning nizolarni muqobil hal etish bo‘yicha choralar ko‘rishdagi roli;
  • Fuqarolik sudlarida ish yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari;

Mehnat intizomini ta’minlash, davlat xaridlarini o‘tkazishni tashkil etish mexanizmlari va tartib-taomillari hamda boshqa sohaga oid mavzular yuzasidan malakalarini oshiradilar.