Yuristlar malakasini oshirish markazi Toshkent viloyati filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari uchun “Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuritish” qisqa muddatli an'anaviy dars mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.
Dars mashg'ulotlari davomida tinglovchilar ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi va o‘ziga xos xususiyatlari, ma’muriy jazo choralari, ularni qo‘llashning umumiy qoidalari, ma'muriy javobgarlik asoslari, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilgan ohirgi o'zgartirish va qo'shimchalar yuzasidan nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishadi.