+998 71 200 02 35

“PATENT VAKILLARINI QAYTA TAYYORLASH” OʻQUV KURSI BITIRUVCHILARIGA DIPLOMLAR TOPSHIRILDI.

17.03.2023 1362

Yuristlar malakasini oshirish markazida qariyb 4 oy davom etgan "Patent vakillarini qayta tayyorlash" kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplomlar topshirildi.

Kurs davomida tinglovchilar oʻquv kursining asosiy qoidalari haqidagi nazariy bilimlarga hamda patent vakillari faoliyatini amalga oshirish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻldilar. 

Oʻquv kurslarini sifatli va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mazkur sohada boy amaliy tajribaga ega boʻlgan milliy va xalqaro ekspertlar jalb etildi.

Ma’lumot uchun, Patent vakili - yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan Intellektual mulk departamenti va boshqa tashkilotlar oldida intellektual mulk ob’yektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari boʻyicha vakillik qilish huquqi berilgan jismoniy shaxs (departamentda attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtgandan keyin).