Joriy yilning 26-27-sentabr kunlari “Halollik vaksinasi bilan yalpi emlash” tamoyili asosida "Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat” bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi dasturi asosida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi mas’ul rahbar va xodimlarining malakalari oshirilmoqda.
Mashg'ulotlar Markaz professor-o'qituvchilari bilan bir qatorda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari ishtirokida bo'lib o'tmoqda.
Jumladan, o'quv kurslarining navbatdagi "Ish faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olishda ichki (komplaens) nazorat tizimining o‘rni" mavzusidagi mashg'ulotimiz
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi bosh maslahatchisi T.Safarov ishtirokida bo'lib o'tdi.