+998 71 200 02 35

MEHNATGA YARASHA MUNOSIB RAGʻBAT

30.08.2024 696

Yuristlar malakasini oshirish markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi oʻrtasida imzolangan Hamkorlik memorandumiga asosan, tashkilotlar bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib kelishmoqda. Oʻzaro hamkorlik davomida oʻzining munosib hissasini qoʻshgan, fidoyi mehnati bilan hurmat qozongan Markaz masʼullari taqdirlandilar.

Advokatlar palatasi tomonidan taʼsis etilgan “Advokatura sohasiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Y.Kanyazov Advokatlar palatasi rahbari Sh.Sadiqov tomonidan munosib taqdirlandi.