+998 71 200 02 35

MARKAZDA PSIXOLOGIK TRENING TASHKIL ETILDI

28.11.2024 1281

Joriy yilning 27-noyabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi prosfessor-o'qituvchilari va xodimlari uchun  “Jamoada sog'om maʼnaviy va ishchan muhit yaratishning psixologik omillari” mavzusida  psixologik trening o‘tkazildi.

Trening malakali psixolog Dilbar Xojimuxamedova tomonidan olib borilib, unda Markaz xodimlarining ish unumdorligini orttirish, kasbiy mahoratini yuksaltirish, ruhiy zo‘riqishlarni oldini olish maqsadida amaliy va nazariy mashg‘ulotlar tarzida qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.

Trening ishtirokchilar o‘rtasida korporativ madaniyat, ta’lim jarayoni va metodologiya bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazildi.

 O‘quv-amaliy mashg‘ulotida xodimlarning psixologik qo‘llab-quvvatlanishi, xodimlar dunyoqarashi, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda kasbiga sadoqat va yuqori mas’uliyat hislarini oshirish, stress, depressiya va boshqa salbiy ruhiy holatlarni oldini olish bo‘yicha psixologik tavsiyalar berildi.