Joriy yilning 13 va 15 dekabr kunlari Adliya vazirligi tomonidan Ommaviy huquq markazi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida vazirlik va idoralar yuridik xizmatlari xodimlariga seminar-treninglar tashkil etildi.
Seminar-treningda xodimlarga “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilib, ularning malakasi oshirildi.