+998 71 200 02 35

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi” nomli uslubiy qo‘llanma nashr etildi

19.09.2024 1425

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi” nomli uslubiy qo‘llanma nashr etildi.

Unda davlat organlarida, tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bosqichlari, murojaat shakllari, ularga qo‘yilgan talablar, murojaatlarni berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari tahlili, murojaat bilan ishlovchi xodimlarning va murojaat qiluvchi shaxslarning javobgarligiga oid qoidalar bayon etilgan.

Uslubiy qo‘llanmada og‘zaki va yozma murojaatlar, ariza, taklif va shikoyat namunalari, yangi tahrirdagi “Jismoniy va yuridik shaxslaning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda, murojaatlar bilan ishlash sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar o‘z aksini topgan.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish huquqi kafolatlari, talablari, shartlari hamda davlat organlari, muassasalari va mansabdor shaxslarining bu boradagi majburiyatlarining huquqiy asoslari bo‘yicha xalqaro va milliy mexanizmlar yuzasidan muhim taklif va uslubiy tavsiyalar berilgan.

Mazkur uslubiy qo‘llanma davlat organlari, tashkilotlari va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona va muassasalarda jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha rahbarlariga va mas’ul xodimlariga amalda foydalanish uchun tavsiya etiladi.