+998 71 200 02 35

“HAMKORLIK DASTURI” IMZOLANDI

19.05.2023 1645

“TOSHKENT HUQUQ BAHORI” III xalqaro yuridik forumi doirasida Yuristlar malakasini oshirish markazi va  Yaponiya Adliya vazirligining ilmiy-tadqiqot va taʼlim instituti oʻrtasida “Hamkorlik dasturi”ni imzolash marosimi  boʻlib oʻtdi.

Memorandumning imzolanishidan maqsad - ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, huquqiy taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tajriba almashish, Yaponiya Adliya vazirligining ilmiy-tadqiqot va taʼlim instituti bilan yanada barqaror hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash hisoblanadi.