+998 71 200 02 35

“Davlat organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi samarali kurash tizimini joriy etish”

02.03.2023 1188

 Joriy yilning 2-3-mart kunlari Markaz professor-oʻqituvchilari va xodimlari uchun  “Davlat organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi samarali kurash tizimini joriy etish” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

Seminar-trening Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutaxassislari tomonidan oʻtkazilib, unda davlat organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (komplaens) tushunchasi, asosiy elementlari va huquqiy asoslari, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash indikatorlari haqida ma'lumot berildi.

Tadbir Germaniyaning Konrad Adenauyer nomidagi jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.