Yuristlar malakasini oshirish markazida ta’limning an’anaviy malaka oshirishi bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan yangi tizimlari joriy etildi.
Shuningdek, har bir sohaga alohida yondoshgan holda o‘quv dasturlari ishlab chiqilmoqda.
Joriy yilning 23-fevral kuni “Banklar yuridik xizmati rahbarlari va xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish kursi” uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturi loyihasini muhokama qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari yuridik xizmatlari rahbarlari uchun amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda banklar yuridik xizmatlari rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirish samaradorligini yuksaltirish masalalari, o‘quv kurslarining davomiyligi, o‘qitish shakllari hamda o‘quv dasturlariga kiritilishi lozim bo‘lgan modullar va mavzular muhokama qilindi.