Yigʼilishda yuristlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va institutsional asoslarini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama etildi.
Shuningdek, yigʼilishda Markazda oʼquv jarayonini tashkil qilish borasida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar, advokatlarning malakasini oshirish bilan bogʼliq yangi tahrirdagi oʼquv dasturlari, shuningdek, Markazda masofaviy taʼlimni tashkil qilish masalalari hamda elektron taʼlim platformalari toʼgʼrisida Markaz direktori va masʼul xodimlarning axborotlari tinglandi.
Shu bilan birga, yigʼilishda yuridik kadrlarning malakasini oshirish boʼyicha oʼquv dasturlarini tubdan qayta koʼrib chiqish, ularni zamon talablaridan kelib chiqib yangilash, adliya organlari faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash hamda taʼlim va ilmiy jarayonga xorijiy mutaxassislarni keng jalb etish, pedagoglar va tinglovchilarning stajirovkasini tashkil etish maqsadida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish boʼyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.