+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazida Аdliya vazirligi rahbariyati ishtirokida yigʻilish tashkil etildi

03.08.2022 1803

Yigʻilish davomida Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan Sh.K.Saidov jamoaga tanishtirildi.

Shuningdek, yigʻilishda Markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrib chiqilib, kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar va Markaz faoliyatining samaradorligini baholash natijalari muhokama qilindi.

Yigʻilish davomida Markaz tomonidan yaratilgan "UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH" platformasining ilk taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Ma’lumot uchun: mazkur platforma yordamida xodimlar uchun oʻz individual trayektoriyasi boʻyicha onlayn malaka oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Bir yil davomida mazkur platformada 10000 dan ziyod adliya organlari xodimlari malakasini oshirishi mumkin.