Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va taʼlim instituti oʻrtasida yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini rivojlantirishga qaratilgan bir yilga moʻljallangan “Hamkorlik dasturi”ning onlayn imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muxsinxoʻja Tursunxoʻjayevich Abduraxmonov ham ishtirok etib, ushbu tantanali tadbir yuzasidan tabrik va tilaklarini bildirdi.
Ushbu tarixiy voqea Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida yuridik fan va amaliyot sohasida eng yaxshi amaliyot va bilimlar almashinuviga yordam beradi.
Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtdi va tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli boʻlishiga umid bildirdilar!