+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchilari uchun amaliy sayyor oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi

16.02.2022 2024

Markazning yuristkonsultlar malakasini oshirish kurslari tinglovchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida amaliy sayyor mashgʻulot oʻtkazildi.

Tinglovchilar X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida joriy qilinatgan yangi turdagi sud ekspertizalari, RSEMning zamonaviy texnik-kriminalistik vosita va qurilmalari, ularning imkoniyatlari bilan qiziqdilar hamda oʻzlarining savollariga toʻliq ma`lumotlar oldilar.