Yangi Mehnat kodeksida majburiy mehnatni taqiqlash, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yoʻl qoʻyilmaslik kabilar asosiy prinsip etib belgilandi. Unga koʻra, davlat ehtiyojmand aholini ishga joylash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.
Joriy yilning 27 sentabr kuni YUMOM va TDYUU professor-oʻqituvchilari tomonidan Qashqadaryo viloyati Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlariga yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlab oʻtkazilgan treningda shular xususida soʻz bordi.
Tadbirda Mehnat kodeksi loyihasini ishlab chiqish chogʻida oʻndan ortiq xalqaro tashkilot, jumladan, Xalqaro mehnat tashkilotining qator konvensiyalari, 60 dan ziyod davlat tajribasi oʻrganilgani, kodeks loyihasi Qonunchilik palatasida 1 yil davomida juda chuqur tahlil etilib, maromiga yetkazilgani qayd etildi.