Yuristlar malakasini oshirish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati rahbar va mas’ul xodimlarining kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha seminar-trening mashgʻulotlari boshlandi.
Mazkur kursning asosiy maqsadi: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati rahbar va mas’ul xodimlarining oʻz xizmat majburiyatlarini samarali bajarish, kasbiy malaka va koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.
Oʻquv mashgʻulotlariga Markaz professor-oʻqituvchilari hamda Adliya vazirligining yetakchi amaliyotchi-mutaxassislari jalb qilingan.