+998 71 200 02 35

SAYLOV JARAYONLARINI YORITISHDA OAVNING OʻRNI

20.08.2021 2594

Joriy yilda mamlakatimiz va xalqimiz hayotida katta siyosiy voqea – Prezidentlik saylovi boʻlib oʻtadi. Bu muhim siyosiy kompaniyada siyosiy partiyalar va OAV, fuqarolarning faolligi saylovlarni umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlar, prinsiplar asosida demokratik, ochiq-oshkora oʻtkazilishida muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda demokratik islohotlarning chuqurlashgani, fuqarolarning siyosiy ongi hamda faolligi yuksalganligi, xususan, ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda soʻz erkinligiga berilayotgan eʼtibor saylovni oʻtkazishda yangi talablarni qoʻymoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Namangan viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Saylov jarayonlarini yoritishda  OAVning oʻrni” nomli  matbuot anjumani oʻtkazildi. Anjumanda Markaz professor-oʻqituvchilari  ishtirok etib, ommaviy axborot vositalarida saylovning har bir jarayonini tezkor, xolis yoritib borishga alohida eʼtibor qaratish, yoritish jarayonida esa birinchi navbatda qonunchilikda belgilangan tartiblarga qatʼiy amal qilish muhimligi haqida zarur tushunchalar berdilar. Shu bilan bir qatorda saylov kodeksining qabul qilinishi va birinchi marotaba Saylov kodeksi asosida Prezidentlik saylovi oʻtkazilishi hamda saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Unda saylov jarayonlarini yoritish vakolati berilgan va belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan OAV vakillari faol ishtirok etdilar.