+998 71 200 02 35

“O‘zkomnazorat” DI xodimlariga Yuristlar malakasini oshirish markazining sertifikatlari topshirildi

21.02.2020 4753

“O‘zkomnazorat” Davlat inspeksiyasida Yuristlar malakasini oshirish markazi hamkorligida markaziy apparat hamda hududiy inspeksiyalar xodimlari uchun 17 – 21 fevral kunlari “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazoratini tashkil etish” yo‘nalishida tashkilqilingan qisqa muddatli o‘quv kurslari yakuniga yetdi.

21-fevral kuni ushbu qisqa muddatli o‘quv kurslarini yakunlagan xodimlarga “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D. Rustamov hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari A. Otajonov tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Manbaa “O‘zkomnazorat”