+998 71 200 02 35

O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari

04.04.2024 2695

Bugungi kunda xotin-qizlarimizni turmushini o‘tgan kunlarning o‘tmish sahifalariga yozilgan va bitilgan kechmishlariga aslo solishtirib bo‘lmaydi. Momolarimizni cheklangan huquqlari, siyosiy tugul oddiy o‘rta maktab ta’limini olish borasidagi cheklovlar va ularni yengish uchun qanchalik darajadagi chekkan mashaqqatlari ayollarning hozirgi huquq va manfaatlariga yetishishi  yo‘lida debocha bo‘lgan desak adashmagan bo‘lamiz. Nafaqat bizni mamlakatimizda balki, butun dunyoda ayollar huquqlarini himoya qilish har doim dolzarb bo‘lib kelgan.

Ayollar huquqlarining global muammolari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida eng muhim muammolardir. Bu sohadagi muammolar va muammolarni aks ettiruvchi bir necha asosiy jihatlarni sanab o‘tsak:

1. Gender tengsizlik: Erkaklar va ayollar o'rtasidagi tengsizlik asosiy muammo bo'lib qolmoqda. Bu ish haqi, ta'lim olish imkoniyati, biznes va siyosiy faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatlariga taalluqlidir.

2. Zo'ravonlik: Ayollarga nisbatan zo'ravonlik millionlab ayollar hayotiga ta'sir qiluvchi global muammodir. Bu oiladagi zo'ravonlik, jinsiy zo'ravonlik, odam savdosi va huquqlarning buzilishining boshqa shakllarini o'z ichiga olishi mumkin.

3. Ta'lim olish imkoniyati: Dunyoning ayrim hududlarida ayollar hali ham sifatli ta'lim olishda qiynalmoqda. Bu ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga to'siqlar yaratadi.

4. Sog'liqni saqlash: Bir qator mamlakatlarda ayollar sifatli tibbiy xizmatdan, jumladan, reproduktiv salomatlik xizmatidan foydalanish imkoniyati cheklangan. Bu ularning farovonligi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

5. Siyosat va yetakchilikdagi ishtiroki: Taraqqiyotga qaramay, ko‘plab mamlakatlarda ayollarning siyosat va yuqori rahbarlik lavozimlarida ishtirok etish darajasi hali ham yetarli emas.

6. Bolalar nikohi va bolalarga nisbatan zo'ravonlik: Ko'pgina qizlar majburiy turmushga chiqish va zo'ravonlikka duch kelishadi, bu ularning huquqlarining buzilishi va jiddiy ijtimoiy va psixologik oqibatlarga olib keladi.

7. Texnologiyadan foydalanish imkoniyati: Ayrim jamiyatlarda ayollarning axborot texnologiyalari va raqamli resurslardan foydalanish imkoniyati cheklangan, bu esa ularning ta’lim olishi va rivojlanishi uchun qo‘shimcha to‘siqlar yaratishi mumkin.

Dunyo bo‘ylab ko‘plab guruhlar va tashkilotlar ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish va hayotning turli sohalarida xotin-qizlarning mavqeini oshirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu muammolarni hal qilish ustida ishlamoqda.

Mamlakat ayollar huquqlarini qay darajada ta'minlayotganini baholash turli jihatlarga, jumladan, qonunlar, siyosatlar, ijtimoiy-madaniy omillar va haqiqiy turmush sharoitlariga bog'liq bo'lishi mumkin. Biroq, ayrim davlatlar tenglik va ayollar huquqlarini ilgari surish borasidagi sa'y-harakatlari bilan taniqlidir. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday mamlakatlarda ham muammolar mavjud bo'lishi mumkin va hech bir davlat bu sohada to'liq mukammallikka erishmagan. Jamiyatda ayollarning ijtimoiy faolligi juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. O‘quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligi jamoada, guruhda, norasmiy birlashmada muloqot qilish va harakat qilish, boshqalar bilan samarali munosabatda bo‘lish, tengdoshlari, oilaning katta va kichik a’zolari, mahallalar oldidagi muayayn majburiyatlarni ixtiyoriy ravishda bajarishdari, o‘zini va o‘zgalarini rivojlantirish va faollashtirishga qaratilgan ongli hamda tizimli faoliyatidir. Jamoat arbobi S.L.Rubinshteynning fikricha “ijtimoiy faollik faqat insonning ongli faoliyatida namoyon bo‘ladi”. Shu sababli ham jamiyatda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish borasida мamalakatimizda ham juda ko‘plab islohotlar amalga oshirilgan va yanada amalga oshririb borilmoqda. Open Data Watch tashkilotining “Gender Data Compass” reytingida 2023 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 37 ball to‘plagan holda 185 ta mamlakat orasidan 56-o‘rinni, Markaziy Osiyo mintaqasida 3-o‘rinni egalladi.[1] “Gender Data Compass”  mamlakatning gender ma’lumotlari tizimini yaxlit baholashni ta’minlaydi. U 53 ta gender ko‘rsatkichlarining besh jihati: mavjudlik, ochiqlik, asoslar, imkoniyatlar va moliyalashtirish manbalariga tahlil qilinadi. Mamlakatimizda ham gender statistikasini yuritish bo‘yicha Statistika agentligi vakolatli organ bo‘lib, agentlikda gender statistikasini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha alohida bo‘linma tashkil etilgan. Agentlik tomonidan yuritiladigan gender.stat.uz saytining barcha bo‘limlarida bugungi kunda 180 dan ziyod gender statistikasiga oid ko‘rsatkichlar 3 ta tilda, 5 xil formatda joylashtirib borilmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, yildan yilga gender tenglikni ta’minlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan islohotlar rivojlanib bormoqda. So‘nggi yillarda Gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni e’tirof etadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4235-on qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-martdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 192-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 402-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 4-yanvardagi 4-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-noyabrdagi “Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorliknir rivojlantirish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 919-son qarori,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 285-son qarorini e’tirof etish mumkin. Shunungdek, 11-sentyabr 2023-yildagi PF-158-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030”  strategiyasining 25-maqsadida Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish. Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosaasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash. «Ayollar daftari» bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur ishlar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish nazarda tutilgan. Ushbu qabul qilingan qonun va qarorlar albatta mamlakatimizdagi xotin va qizlarning huquq va majburiyatlarini kafolatlab, shu bilan birgalikda ko‘pgina huquqbuzarliklarni oldini olishda ham samarali xizmat qiladi.  

Milliy darajada ayollar maqomini oshirish va ularning iqtisodiy huquqlarini ham mustahkamlash bo'yicha dasturlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Gender muammolarini hal qilishda respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat va ilmiy tashkilotlari faoliyatining faollashishi hamda bir-biri bilan uyg`unlikda faoliyat yuritishlari maqsadga muvofiq bo`ladi. Albatta buning uchun moliyaviy qo`llab – quvvatlash masalasi birinchi o`ringa chiqadi. 2024-yil 14-martdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari va BMT Ayollar tashkiloti ijrochi direktori Sima Baxousning BMT shtab-kvartirasidagi Ayollar maqomi boʻyicha komissiyaning 68-sessiyasida “Avlodlar tengligi”ga bagʻishlangan yon tadbirdagi kirish soʻzida, “...Bizning 2023-yil uchun gender istiqbollari haqidagi hisobotimiz CSW68 da muhokama qilinganidek, asosiy Barqaror rivojlanish maqsadlarida gender tengligiga erishish, jumladan, qashshoqlikka barham berish uchun yiliga qo'shimcha 360 milliard AQSh dollari zarurligini aniqladi. Mening hamkasblarimning aytishicha, barqaror rivojlanishning asosiy maqsadlarida gender tengligiga erishish uchun yiliga zarur bo'lgan qo'shimcha 360 milliard AQSh dollari dunyoning yiliga qahvaga sarflaydigan miqdoriga teng, shuning uchun biz gender tengligiga erishish uchun bu pulni tejashimiz mumkin deb o'ylayman. Bu shuningdek, dunyo har yili qurol-yarog'ga sarflaydigan mablag'ning bir qismi, shuning uchun menimcha, bu bizning ayollarimizga, tinchlik va xavfsizlik kun tartibiga chaqiriq bilan birga keladi. Biz bu pullarni ayollar kamdan-kam yoki hech qachon boshlamaydigan urushlarga investitsiya qilish o'rniga ayollar va qizlar uchun ishlatishimiz mumkin.” [2]deb aytgan gaplari juda ham dolzarb. Chunki hozirgi jamiyatlarga katta bosim o'tkazadigan ko'plab inqirozlarga duch kelgan dunyoda gender tengligiga erishish har qachongidan ham muhimroqdir. Hayotning barcha jabhalarida ayollar va qizlar huquqlarini ta’minlash farovon va adolatli iqtisodiyotni, kelajak avlodlar uchun sog‘lom sayyorani ta’minlashning yagona yo‘lidir.

 


[1] (https://gdc.opendatawatch.com/country-profiles/UZB)