Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palata mutaxassisi Z.Musayeva ishtirokida amaliy mashg'ulotlar tashkillashtirildi.
Yuristlar malakasini oshirish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palata bilan hamkorlikda “Notariuslikka nomzodlar uchun birlamchi ixtisosashuv” nomli kurs tinglovchilarining oʻquv mashgʻulotlari qiziqarli oʻtishi hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius maqomiga ega bo‘lishga talabgorlarga notariat sohasiga oid savollar bo'yicha toʻgʻri yoʻnalish berish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining Notariat boʻlimi boshligʻi, yetuk amaliyotchi mutaxassis Z.Musayeva ishtirokida mashg'ulot boʻlib oʻtdi.
Savol-javob shaklida oʻtgan mashgʻulot davomida tinglovchilar oʻz kasbiy faoliyatlariga bogʻliq yangiliklar yuzasidan batafsil maʼlumot oldilar.