+998 55 518 57 77

Olti oylik qayta tayyorlash kurslariga hujjat topshirish muddati uzaytirildi!

10.11.2026 39

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti qayta tayyorlov kursi talabgorlariga keng imkoniyat yaratish maqsadida, hujjatlarni elektron tarzda qabul qilishning so‘nggi muddati joriy yilning 13-noyabr kuni soat 13:00 ga qadar uzaytirildi.

Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul davom etmoqda.

Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish qabul.minjusttraining.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o'zbek guruhi uchun); to‘lov-kontrakt miqdori: 17 990 952 so‘m.

Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda, yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlarida ham faoliyat yuritishlari mumkin.

55 518-57-77 (ichki raqam 9)