+998 71 200 02 35

Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va uning oldini olishga doir chora-tadbirlar

02.07.2024 1950

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashishni ham taqozo etadi.

“Manfaatlar to‘qnashuvi” murakkab va ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, umume’tirof etilgan xalqaro hujjatlarda, xorijiy va milliy qonunchilikka asosan davlat boshqaruvi va korporativ faoliyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tufayli uchraydi.

Yaqin kunlarga qadar “manfaatlar to‘qnashuvi” atamasiga oid yagona tushuncha yo‘q edi, shu bois unga turlicha ta’riflar keltirilgan edi. Biroq, manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashishning dolzarbligi, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarning (BMT, IHTT va boshq.) korrupsiyaga qarshi xalqaro hujjatlarda keltirilgan majburiyatlari ijrosini ta’minlash vazifasi, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida, uning ilk bor huquqiy tushunchasini ishlab chiqishni taqozo etdi.

Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning dolzarbligi sababli, 2024-yilning
5-iyun kuni “
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi O‘RQ931-son Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi (Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi).

Mazkur Qonunda, manfaatlar to‘qnashuvining quyidagi yangi tahrirdagi tushunchasi qayd etildi: “Manfaatlar to‘qnashuvi  shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat”.

Amaliyotda, bunday vaziyatlar asosan ayrim davlat xizmatchilarning tashkilotning ichki me’yorlariga, shu jumladan, tashkilot nizomi (ustavi), faoliyat tartib-taomillari va kun tartibiga rioya qilmaslikda, shuningdek boshqa xodimlarning huquq va erkinliklarini mensimaslik oqibatida kelib chiqadi. Manfaatlar to‘qnashuvining, navbatdagi muhim xususiyati bu mansabdor shaxsning yoki xizmatchining o‘z vakolatini shaxsiy manfaat yo‘lida suiiste’mol qilishi orqali sodir etilishidadir. O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Qonunida “Shaxsiy manfaatdorlik – davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud u bilan aloqador shaxslar ushbu xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita qaror qabul qilinishi yoki xodimning ushbu jarayonda boshqacha tarzda ishtirok etishi natijasida olishi mumkin bo‘lgan har qanday naf yoki afzallik” deb tushuncha keltirilgan (Qonunning 3-moddasi). O‘z navbatda, bunday qonunga zid shaxsiy manfaatdorlik, masalan, tashkilotning yohud tashkilotda ishlayotgan boshqa xodimlarning qonuniy manfaatlari bilan amaldagi yoki ehtimol bo‘lgan qarama-qarshilikni keltiradi.

  Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasini anglash uchun uning ko‘rinishlarini tahlil qilish ahamiyat kasb etadi. Manfaatlar to‘qnashuvining asosan urug‘-aymoqchilik, mahalliychilik, nepotizm, shafelik, kronizm va favoritizm kabi ko‘rinishlari ajratiladi. Bunda, urug‘-aymoqchilik deganda, tashkilot xodimining avlod-ajdodlari bir bo‘lgan, bir sulolaga mansublik asosida uchinchi shaxslarga nisbatan sub’ektiv, imtiyozli va noxolis munosabat shaklidagi shaxsiy manfaatdorligi tushuniladi. Mahalliychilik – shaxsni uning nasliy kelib chiqishi (aslzoda yoki mashhur sulola vakili ekanligi va u jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi) hamda yaqin qarindoshlarining egallab turgan xizmat mavqei sababli, uning lavozimga qo‘yiladigan malaka talablariga mos kelish-kelmasligini hisobga olmagan holda ishga qabul qilish, rotatsiya qilish va lavozimga tayinlash kabi holatni anglatadi. Nepotizmga (tanish-bilishchilik) – o‘zining yaqin qarindoshlari yoki do‘stlariga noqonuniy imtiyozlar berish maqsadida hokimiyatdan foydalanish va (yoki) ta’sir o‘tkazish, shuningdek, yaqin qarindoshlari va (yoki) do‘stlariga asossiz mukofotlar xisoblash, Tashkilot manfaatlari zarariga, yaqin qarindoshlari va do‘stlarini ishga qabul qilish va lavozimga tayinlashlarga aytiladi. Shafelik deganda Tashkilot xodimining lavozimi yuqoriroq bo‘lgan boshqa xodim tomonidan qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish shaklidagi himoyasi, uni yoqlab yonini olishi tushuniladi. Kronizm – do‘stlar yoki ishonchli shaxslarga noqonuniy imtiyozlar taqdim etish maqsadida hokimiyat (lavozim mavqesidan) va obro‘sidan foydalanish namoyon bo‘ladi. Favoritizm deganda tashkilot xodimi boshqa shaxs va/yoki shaxslar guruhi manfaatlariga qaraganda bitta shaxs yoki shaxslar guruhi manfaatlariga ustuvor ahamiyat qaratishi, tashkilotda kadrlarni tanlash va joylashtirish, lavozimini ko‘tarish, mukofot puli berish va davlat mukofotlariga tavsiya etish, ta’til berish yoki sihatgohlar va xorijiy safarlarga yuborish, murojaatlar, shuningdek ish va navbatchilik jadvallarini ko‘rib chiqishda ketma-ketlikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq vaziyatlarda tartiblarga rioya qilmaslik tushuniladi.

Manfaatlar to‘qnashuvining ijtimoiy xavfliligi, uning ayrim ko‘rinishlarining asosida fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lishidadir. Bu o‘z navbatida korrupsiyaga oid jinoyatlar, masalan, hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishi yoki doirasidan chetga chiqish, hokimiyat harakatsizligi, mansab soxtakorligi uchun javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishning dolzarbligi, uning bir qancha milliy normativ hujjjatlarda yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha qoidalarning keltirilishiga sabab bo‘ldi.  [ОКОЗ:

1.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.05.00.00 Шахс хавфсизлиги / 16.05.02.00 Жамоат тартиби муҳофазаси. Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси]

[ТСЗ:

1.Одил судлов. Ҳуқуқ-тартиботни муҳофаза қилиш. Адлия / Жамоат тартиби ва жамоат хавфсизлигини муҳофаза қилиш]

Xususan, bir qator hujjatlarda d[ОКОЗ:

1.16.00.00.00 Хавфсизлик ва ҳуқуқ тартибот муҳофазаси / 16.04.00.00 Жамият хавфсизлиги / 16.04.12.00 Коррупцияга қарши курашиш]

avlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda esa o‘zining bevosita rahbarini darhol xabardor qilishi shartligi haqidagi qoidalar keltirilgan (“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi, 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ788-son “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”ning 7-bobi, 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ931-son “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Qonunning 6-moddasi va boshq.).

O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Qonuniga asosan, davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha, jumladan, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish orqali shaxsiy naf olishga, manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi axborotni oshkor etish chog‘ida ma’lumotlarni yashirishga yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etishga, biri boshqasiga bo‘ysunuvchi yoki biri boshqasining nazoratidagi tashkilotlarda o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashga haqli emasligi belgilandi (Qonunning 8-moddasi).

Bugungi kunda davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, xususan, urug‘-aymoqchilikni oldini olishda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 121-moddasida keltirilgan, ya’ni “O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanadi” degan qoida muhim ahamiyat kasb etdi.

Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ–5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2021-yil 1- oktyabrdan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaga qarshi ichki (komplaens) nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ahamiyat kasb etdi. Xususan, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazoratni amalga oshirishda, ISO:37001 ”Poraxo‘rlikka qarshi boshqaruv tizimi” xalqaro standartiga muvofiq, muhim hujjatlar qatorida “Davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizom” (keyingi o‘rinlarda – Nizom deb yuritiladi) bo‘lishi ta’kidlangan. Mazkur Nizom manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, uning oldini olish va tartibga solish tartibini belgilaydi. Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda, albatta, javobgarlikning belgilanishi muhim o‘rin egallaydi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ931-son Qonuniga muvofiq, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik” uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 1934-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik belgilandi, “Bitimlar haqiqiy emasligining oqibatlari to‘g‘risidagi umumiy qoidalar”ni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 114-moddasi esa ”Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda tuzilgan bitim haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ushbu bitimni tuzish natijasida olingan foyda bitim bo‘yicha olingan hamma narsani qaytarib berish to‘g‘risida talab qo‘yilmagan holda, sud tartibida davlat daromadiga o‘tkaziladi. Bunday bitimni ijro etish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan shaxsning hisobidan qoplanadi” (3-qism), “Korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgan holda tuzilgan bitim haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, bunday bitimni tuzish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni aybdor shaxslar tomonidan sud tartibida qoplanadi” (4-qism) degan mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirildi.

Albatta, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan milliy qonunchilikning mavjudligi, davlat xizmatida barqaror professional kadrlarni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat xizmatida korrupsiya va boshqa suiiste’mollik holatlarining oldini olishga, shuningdek, barcha darajadagi davlat xizmatchilari faoliyati bilan bog‘liq huquqlar, majburiyatlar va cheklovlarning yagona tizimini ishlab chiqishga xizmat qiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi
Yuristlar malakasini oshirish markazi
 yu.f.n., dotsenti Rafik Shakurov
Yuristlar malakasini oshirish markazi
 bo‘lim boshlig‘i Sh.Ergasheva