+998 71 200 02 35

INSON HUQUQLARI - BOLA HUQUQLARINI TA'MINLASHDAN BOSHLANADI

18.05.2022 1989

Bola huquqlari va gender tenglik  masalalariga bagʻishlangan 3 kunlik seminar-trening nihoyasiga yetdi.

Yuristlar malakasini oshirish markazida  Respublika "ISTIQBOLLI  AVLOD" ijtimoiy-axborot  Markazi tomonidan BMTning Bolalar huquqlari boʻyicha tashkiloti (UNICEF)  hamkorligida "Oʻzbekistondagi yuristlarni bolalar bilan doʻstona munosabati va gender masalalariga sezgir huquqiy yordam koʻrsatish" mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Markaz professor-oʻqituvchilari va malaka oshirayotgan advokatlar ishtirok etgan ushbu tadbirda malakali trenerlar hamda Markaz dotsenti, yu.f.n. Sh.Ganibayeva tomonidan  bolalar manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib ular bilan samarali muloqot oʻrnatish, bola huquqlari boʻyicha xalqaro va milliy qonunchilik hujjatlari bilan ishlash, ularni amaliyotda qoʻllash va ogʻir ahvolda qolgan bolalarga yordam koʻrsatish tizimi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.