+998 71 200 02 35

HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

17.03.2022 1987

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.

Memorandumning asosiy maqsadi - nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etishda hamkorlik qilishdan iborat.

Shuningdek, mazkur tizimni takomillashtirish mexanizmlari va metodlarini ishlab chiqish, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish hamda huquq tizimi, fuqarolik jamiyatini takomillashtirish sohasida tajriba almashish hisoblanadi.

Tomonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan konstruktiv muloqotda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, muhim yoʻnalishlar belgilab olindi.