Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar va boshqa tashkilot xodimlari uchun “Notarial amaliyotda vorislik huquqi” qisqa muddatli maqsadli-manzilli o‘quv kursimiz boshlandi. Bugungi mashg'ulotlar vorislik huquq sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar oshirishga mo‘ljallangan.
Maqsadli-manzilli o‘quv kursimiz davomida "VORISLIK TO‘G‘RISIDAGI UMUMIY QOIDALAR, VASIYAT BO‘YICHA VORISLIK, QONUN BO‘YICHA VORISLIK, MEROSNI EGALLASH, MEROS MOL-MULKNING QO‘RIQLANISHIGA DOIR CHORA-TADBIRLAR KO‘RISH" mavzular yuzasidan tinglovchilar batafsil maʼlumotga ega bo‘lishadi, shuningdek dars mashg‘ulotlari tajribali amaliyotchi mutaxassis M.Karimova tomonidan olib boriladi.