O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida 2022-yil 3-mart kuni adliya tizimi kadrlar xizmati xodimlar uchun “Adliya organlarining mehnat munosabatlarida mehnat qonunchiligini qoʻllashning alohida xususiyatlari: qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsida O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish bo'limi” mudiri t.f.n M.N. Isaev, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Davlat mehnat inspeksiyasi” hodimlari J.N.Qo`ng`irotov, O`.U.Tursunboev hamda Markaz o`qituvchisi yu.f.d.,(PhD) X.Quchqarovlar ishtirok etishdi va ishtirokchilarning mehnat qonunchiligi sohasidagi savollariga javob berishdi.