+998 71 200 02 35

ADLIYA MUTAXASSISIDAN MAHORAT DARSI

18.05.2022 1830

Norma ijodkorligi faoliyati boʻyicha  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Buxoro, Sirdaryo va Xorazm viloyat hokimliklarining rahbar va mutaxassislari uchun boʻlib oʻtayotgan navbatdagi oʻquv mashgʻuloti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi Shahnoza Soatova ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Mashgʻulotda ilgʻor  tajribalarga asoslangan holda axborotning qay darajada muhim ahamiyat kasb etishi, uchraydigan stereotiplar, koʻp tarqalgan xato va kamchiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Savol-javob tarzida oʻtgan mashgʻulot muhokamalarga boy boʻlib, qiziqarli taqdimotlar asosida tashkillashtirildi.