+998 71 200 02 35

O’quv yili yakunlari sarhisobi va yangi rejalar muhokamasi

28.06.2021 3589

2021 yil 28 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. 

Ilmiy kengash majlisi jonli shaklda o’tkazilib, unda Markaz rahbariyati, professor-o’qituvchilar, bo’lim boshliqlari va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Yig’ilishda 2020-2021 o’quv yili yakunlari hamda 2021-2022 o’quv yilida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar  muhokama qilindi.

Majlisda kafedralar va bo’limlar hisobot davrida o’z ish faoliyatlari bo’yicha amalga oshirilgan ishlar va kamchiliklar yuzasidan atroflicha hisobot berishdi. 

 

Majlisda Markaz direktori v.b. A.Otajonov, o’quv yili davomida Markaz tomonidan ijobiy ishlar amalga oshirilgani va  bir qator yutuqlarga erishilgani,  jumladan Yuristlar malakasini oshirish markaziga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 30 apreldagi 23-sonli Davlat akkreditasiyasi haqidagi sertifikati berilgani, bu Markaz jamoasi uchun katta ko’rsatkich ekani, eng quvonarlisi, ushbu hujjat bugungi kunda o’zining amaliy natijalarini berishi haqida ta’kidlab o’tdi.  

Shu bilan bir qatorda Majlis davomida Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan Yuristlar malakasini oshirish markazi kengashining tavsiyasiga ko’ra, Saidova Lola Abduvahidovna Xalqaro huquq ixtisosligi bo’yicha “Dosent” ilmiy unvoni bilan taqdirlandi. 

 

Markazda 2020-2021-o’quv yili davomida 25 turdagi yuridik o’quv adabiyotlar tayyorlani, chop etishga tavsiya etildi. Bundan tashqari Markaz professor-o’qituvchilari tomonidan hisobot davrida 74 ta ilmiy maqolalar chop etildi. Jumladan, 26 ta Oliy attestasiya komissiyasi ro’yxatidan o’tgan jurnallarda, 18 ta konferensiya to’plamlarida, 12 ta xorijiy jurnallarda, 17 ta ommabop jurnallarda chop etilgan.

Markaz tomonidan hisobot yilida 8 marotaba turli mavzular bo’yicha respublika miqyosida konferensiya va davra suhbatlari tashkil qilinganligi, 245 ta huquqiy targ’ibot ishlari amalga oshirilganligi, shulardan, 60 tasi OAV orqali, 185 tasi turli mavzularda bag’ishlangan seminar, davra suhbatlari va og’zaki huquqiy targ’ibot tadbirlari o’tkazilganligi haqida ma’lumot berildi.

Joriy o’quv yilida Markaz filiallari bilan birgalikda, jami 8017 ta: adliya organlari xodimlari - 469 ta, Davlat xizmatlari agentligi xodimlari – 293 ta, FHDYo xodimlari – 220 ta, notariuslar – 320 ta, advokatlar – 479 ta, yuriskonsultlar – 800 ta, mediatorlar – 311 ta, qisqa muddatli o’quv kurslarida turli soha vakillari – 4265 ta va shulardan filiallar tomonidan tashkil etilgan 960 ta soha vakillarining malakasi oshirildi.

 

Shuningdek, kengash yig’ilishida quyidagilar ta’kidlab o’tildi. Adliya vazirligi tomonidan adliya organlari va muassasalarida kadrlar sohasidagi ish yuritishni raqamlashtirishga mo’ljallangan “MinJust HR” avtomatlashtirilgan tizim ishga tushirildi. Bu tizim orqali korrupsiyaviy xavflarni kamayishi hamda ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olishga erishiladi. Markaz tizimida bu kabi amaliyotni davom ettirish belgilab olindi.  Bundan tashqari, Markaz tomonidan aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish, xalq ichiga kirib borish lozimligi, sohani takomillashtirish va aholiga qulayliklar yaratishdagi muammolarni hal etishda xodimlarda shaxsiy tashabbus va talabchanlikning yetarli bo’lmayotganligi aytib o’tildi.

Yig’ilishda Yuristlar  malakasini  oshirish  markazining  2020-2021-o’quv  yilida oshirilgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha takliflar kiritildi hamda kelgusida bajariladigan ustuvor  vazifalar muhokama qilindi