+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazi va Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

26.04.2023 1561

Joriy yilning 26-aprel kuni Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmasi Singapurdagi vakolatxonasi “Osiyoda Qonun ustuvorligi” nomli dasturi rahbari Shtefan Samse Markazga rasmiy tashrif bilan keldi.

Loyihani amalga oshirish istiqbollari qonun ustuvorligini mustahkamlash, sud-huquq islohotlari, inson huquqlari, nizolarni hal etishning muqobil usullarini joriy etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikda ish olib borishni nazarda tutadi.

Uchrashuvda turli toifadagi yuridik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda protsessual qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan tajriba almashildi.