+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

15.02.2022 2079

Ilmiy kengash yigʻilishida vazirlikning kengaytirilgan hayʼat majlisida belgilangan vazifa va tadbirlarning ijrosini tashkil qilish, Markazda amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammoli masalalar atroflicha muhokama qilindi.Shuningdek, ilmiy kengashda Markaz va uning tuzilmalari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.Tanqidiy ruhda oʻtgan majlis yakuniga koʻra Markazda yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sifatli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, taʼlim jarayoniga malakali amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb qilish, elektron taʼlim platformalari asosida oʻqishlarni samarali tashkil qilish, xalqaro hamkorlik yoʻnalishidagi ishlar va sifatli oʻquv kontentlarini tayyorlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.