+998 71 200 02 35

"Yangi Oʻzbekiston va BMT: yangilanayotgan hamkorlik va barqaror taraqqiyot odimlari" mavzusida davra suhbati

29.04.2022 3378

Yuristlar malakasini oshirish markazi "Ommaviy-huquqiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan onlayn davra suhbati "Yangi Oʻzbekiston va BMT: yangilanayotgan hamkorlik va barqaror taraqqiyot odimlari" mavzusiga bagʻishlandi.

Davra suhbatida qator oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi 30 yillik hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va rejalar, shuningdek BMT doirasida qabul qilingan xalqaro standartlarda majburiy mehnatni taqiqlash prinsipining huquqiy tavsifi, Oʻzbekiston Respublikasi va xalqaro migratsiya tashkiloti oʻrtasida xalqaro hamkorlik masalalari, Oʻzbekiston Respublikasi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FАO) xalqaro-huquqiy hamkorlik asoslari kabi xalqaro huquqning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati yakunida bildirilgan xulosa va takliflar Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro huquq va inson huquqlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.